RAQAMLAR YOLG‘ON GAPIRMAYDI: MEDIADA STATISTIK MANIPULYATSIYALAR VA ULARNI MATEMATIK USULLAR BILAN ANIQLASH

Authors

  • X. J. Yuldasheva Author
  • Davlatova Zinnura Author

Abstract


Ushbu ilmiy maqolada mediadagi statistik manipulyatsiya tushunchasi, uning mazmuni, qo‘llanish mexanizmlari, ko‘rinishlari hamda jamiyatga ta’siri keng ilmiy tahlil qilinadi. Statistik manipulyatsiya — bu ma’lumotlarni ataylab buzmasdan,
balki ularni tanlab berish, kontekstdan ajratish, ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri talqin qilish, grafik va diagrammalarni manipulyativ tarzda
tuzish orqali auditoriyani boshqarish texnologiyasi hisoblanadi. Mazkur maqolada selektiv ma’lumot tanlash, noto‘g‘ri grafiklar yaratish,
korrelyatsiyani sabab-oqibat sifatida ko‘rsatish, o‘rtacha qiymat orqali chalg‘itish, vaqt oralig‘ini manipulyatsiya qilish, kontekstni yashirish,
baza effektini buzish kabi usullar chuqur ilmiy tahlil qilinadi.

Shuningdek, statistik manipulyatsiyani aniqlashning matematik asoslari  regressiya tahlili, korrelyatsiya koeffitsienti, dispersiya tahlili (ANOVA), xatolik chegarasi, ehtimollik modeli, median va modaning o‘rni, grafiklarning vizual ekspertizasi,
masshtabning manipulyativ o‘zgartirilishi, normal taqsimotdan foydalanish kabi metodlar amaliy misollar orqali asoslab berilgan. Maqola statistik savodxonlikning axborot xavfsizligi, siyosiy barqarorlik, iqtisodiy qarorlar qabul qilish sifati hamda ijtimoiy ong bilan ishlashdagi ahamiyatini ochib beradi.

Published

2025-11-18