GLOBAL ISISHNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • Abduxalilov Asilbek Toxir o’g’li Author
  • To’rayeva Umida Shakar qizi Author
  • Nazarova Fotima Sharipovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: global isish, iqlim o‘zgarishi, issiqxona effekti, ekologiya, atmosfera, dengiz sathi, inson salomatligi, tabiiy ofatlar.

Abstract

Annotatsiya: Global isish hozirgi davrning eng katta va eng dolzarb ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirda butun dunyo bo‘ylab havoning keskin isishi kuzatilmoqda. Bu jarayon nafaqat insonlarga, balki butun tirik jonzotlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Global isish tabiiy ofatlar — qurg‘oqchilik, dengiz sathining ko‘tarilishi, okean haroratining ortishi, shuningdek, Grelandiya va Antarktika muzliklarining erishiga olib kelmoqda. Natijada atmosferaga zararli tuzli changlar va toksinlar ko‘tarilib, inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shuningdek, global isish inson organizmiga, xususan psixologik holat, uyqu sifati va markaziy nerv tizimi faoliyatiga kislorod transporti orqali salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu jarayonlar insoniyat hayoti uchun real ekologik xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Published

2025-11-24