MIKOR IQTISODYOTDAN RAQOBAT VA MONOPOLIYA.
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqobat, monopoliya, bozor mexanizmi, narx, daromad, samaradorlik, innovatsiya, iste’molchi farovonligi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada mikroiqtisodiyotning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lgan raqobat va monopoliya tushunchalari iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Raqobat bozori va monopol bozorning shakllanish tamoyillari, ularning bozor samaradorligiga ta’siri, narx shakllanish mexanizmi hamda iste’molchilar farovonligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda klassik va zamonaviy iqtisodchilar qarashlari qiyoslab o‘rganildi. Shuningdek, monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari, bozorni tartibga solish mexanizmlari va raqobatni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqobatning iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishdagi strategik rolini, monopoliyaning esa ayrim hollarda bozor samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.