LIDERLIK QOBILYATINI TIBIYOT VA FALSAFA TA’LIMIDAGI O’RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: liderlik kompetensiyasi, tibbiyot ta’limi, falsafa ta’limi, integratsiya, ma’naviy barkamollik, boshqaruv madaniyati, innovatsion yondashuv.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada liderlik qobiliyatining tibbiyot va falsafa ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda talaba shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tibbiyot ta’limida liderlik kompetensiyasi kelajakdagi mutaxassisning jamoaviy ishlash, klinik qarorlar qabul qilish, insoniy qadriyatlarga asoslangan boshqaruvni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Falsafa ta’limida esa liderlik inson tafakkurining mustaqilligi, ma’naviy yetuklik va ijtimoiy mas’uliyatni anglash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada liderlikni tibbiyot va falsafa fanlari integratsiyasi orqali rivojlantirish mexanizmlari, zamonaviy o‘quv metodlari hamda innovatsion yondashuvlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, liderlik kompetensiyasini shakllantirish talabalarning professional va ma’naviy barkamolligini ta’minlashda asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.