NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING MILLIY MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: “huquq” va “erkinlik”, “Nogironligi bo‘lgan shaxs” shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlari, Konstitutsiya, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”.Abstract
Maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy huquq va erkinliklarni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar alohida o‘rin egallagan. O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida keltirib o‘tilgan “huquq” va “erkinlik” tushunchalari ta’rifi hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy huquq va erkinliklarni kelib chiqish tarixi hamda ushbu huquqlarning inson hayotidagi ahamiyati yoritib o‘tilgan. Shuningdek, “inson huquqlari”, “shaxsiy huquq”, “erkinlik” tushunchasining mazmun moxiyati, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va “Inson huquqlari” fani bilan boshqa yuridik fanlarning o‘zaro aloqasi keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, mamlakatimizda shaxsiy huquq va erkinliklarni yanada rivojlantirishning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.