NEMIS GAZETALARIDA O‘ZBEKISTON MAVZUSINING YORITILISHI

Authors

  • Alishoyeva Sadoqatxon Qodirjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, xalqaro jurnalistika, OAV tahlili, axborot siyosati, mediatahlil, Germaniya matbuoti, siyosiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar, media tasviri, xalqaro imij, tahliliy yondashuv, transmilliy axborot, mediatrendlar.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada nemis ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston mavzusining yoritilishi, xususan, yetakchi nemis gazetalarida mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari qanday aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Frankfurter Allgemeine Zeitung”, “Die Welt”, “Süddeutsche Zeitung” kabi nashrlarda e’lon qilingan materiallar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston haqidagi axborot siyosati, mavzu tanlovi va yondashuv xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, nemis auditoriyasining O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda jurnalistik materiallarning roli, xolislik darajasi va baholash mezonlari o‘rganiladi. Maqola O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitining yaxshilanishi, turizm salohiyati va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar nemis nashrlarida qanday talqin qilinishini tahlil etadi. Tadqiqot natijalari nemis matbuotida O‘zbekiston haqidagi tasvir ijobiy dinamikaga ega ekanini ko‘rsatadi.

Published

2025-11-26