TEXNIKUMLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Karabayeva Feruzaxon Nematjonovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: ona tili, texnikum, taʼlim, fan, nutq madaniyati, savodxonlik, milliy qadriyat, kasbiy mahorat, til o‘rganish, ma’naviy tarbiya.

Abstract

Annotatsiya: O‘zbek tilining davlat tili sifatida jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgan bir davrda, texnikumlarda ona tili fanini puxta hamda zamon talablari asosida o‘qitish nihoyatda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ona tili – xalq ma’naviyati, tafakkuri, urf-odatlari, tarixiy va madaniy qadriyatlari aks etgan, millatning o‘ziga xosligini ifodalaydigan eng muhim omildir. Har qanday taraqqiyotning asosi tilga, ayniqsa, ona tiliga bo‘lgan hurmat va munosabatdan boshlanadi. Tez o‘zgarib borayotgan zamon, ishlab chiqarish, fan-texnika taraqqiyoti, axborot makonining kengayishi soha kasblariga ixtisoslashgan o‘sib kelayotgan avlodning nafaqat kasb bilimini, balki so‘z boyligiga, fikrlash madaniyatiga va savodxonligiga yuqori talab qo‘ymoqda.

Published

2025-11-26