O‘QUVCHILARDA LIDERLIK VA JAMOADA ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.

Authors

  • Umarov Ismoiljon Olimjonovich Author
  • Jumaboyev Doniyorjon Gʻiyosiddin oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so’zlar: liderlik kompetensiyasi, jamoada ishlash ko‘nikmalari, kollaborativ ta’lim, pedagogik texnologiyalar, ijtimoiy-psixologik omillar, muloqot madaniyati, motivatsion faktorlar, shaxslararo munosabatlar, tashabbuskorlik.

Abstract

ANNOTTATSIYA: Ushbu maqolada o‘quvchilarda liderlik kompetensiyalarini shakllantirish hamda jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida shaxslararo muloqot, ijtimoiy-faol o‘rganish, kollaborativ o‘quv strategiyalari va refleksiv yondashuvning o‘quvchilarning liderlik salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillar sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, maqolada jamoaviy faoliyatning struktura va dinamikasi, ro'llar taqsimoti, ijtimoiy-psixologik moslashuv, motivatsion faktorlar va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonlari ilmiy konsepsiyalar asosida tadqiq etiladi. Empirik kuzatuvlar hamda nazariy tahlillarga tayangan holda, liderlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar samaradorligi va ularning ta’lim jarayoniga integratsiyasi asoslab beriladi. Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, kommunikativ madaniyat va hamkorlikda ishlash malakalarini kuchaytirishga xizmat qiluvchi metodik yechimlar taklif etiladi.

Published

2025-11-26