SHVEYTSARIYA VA XITOY O‘RTASIDAGI SAVDO DIPLOMATIYASI: ERKIN SAVDO BITIMI, INVESTITSIYA OQIMLARI VA KICHIK BIZNES SEKTORIGA TA’SIRI

Authors

  • Malikov Numonjon Kamalovich Author
  • Musabekov Sherali Nazarali o‘g‘li Author

Keywords:

Shveytsariya–Xitoy savdosi,SSFTA,savdo diplomatiyasi,eksport-import, investitsiya oqimlari, innovatsion hamkorlik, raqamli iqtisodiyot, yashil texnologiyalar va global ta’minot zanjirlari.

Abstract

Ushbu maqola Shveytsariya va Xitoy o‘rtasidagi savdo siyosatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda erkin savdo bitimining iqtisodiy natijalarini tahlil qiladi. Tadqiqotda ikki davlat o‘rtasidagi eksport-import oqimlari, bojxona tariflari, investitsiyalar va texnologik hamkorlikning o‘sish sur’atlari statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, SSFTA bitimining yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar savdosiga ta’siri, innovatsion markazlar faoliyati, raqamli va yashil iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Savdo diplomatiyasining davlatlararo siyosiy, texnik va iqtisodiy to‘siqlarni kamaytirishdagi o‘rni ham alohida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Shveytsariya–Xitoy hamkorligining uzoq muddatli strategik istiqbollarini ilmiy asosda baholash imkonini beradi.

Published

2025-11-26