AHOLI ORASIDA EKOLOGIK MADANIYAT YETISHMASLIGINING ATROF-MUHIT IFLOSLANISHIGA TA’SIRI VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Ibragimov Xasan Author
  • Zarifova Shahlo Samaridin qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ekologik madaniyat, ifloslanish, chiqindi boshqaruvi, ekologik xavf, ekologik tarbiya, resurslardan foydalanish, ekologik ong, yoshlar ekologiyasi, Eco Club

Abstract

Aholi orasida ekologik madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganligi bugungi kunda global ekologik muammolarning chuqurlashishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biridir. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga befarqlik, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri saralamaslik, suv va energiya resurslaridan samarasiz foydalanish, shuningdek, tabiatga nisbatan ehtiyotsiz munosabat jamiyatda ekologik inqiroz xavfini kuchaytiradi. Ushbu maqolada ekologik madaniyat yetishmasligining atrof-muhit ifloslanishiga bevosita va bilvosita ta’sirlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida ekomadaniyatning pastligi natijasida yuzaga keladigan ekologik xavflar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etish uchun samarali mexanizmlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, yoshlar orasida ekologik savodxonlikni oshirish, oliy ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya bo‘yicha tizimli ishlash va talabalarda atrof-muhitga mas’uliyatni shakllantirishning ahamiyati alohida ko‘rsatib beriladi. Universitetimizda tashkil etilgan “Eco Club” faoliyati misolida talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatga mehr uyg‘otish, chiqindilarni qayta ishlash madaniyatini shakllantirish va ekologik targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish natijalari ko‘rib chiqiladi.

Published

2025-11-26