DASTURIY INJINIRING BAKALAVRIAT TA’LIMIDA MATEMATIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: matematik kompetentlik, dasturiy injiniring, matematik modellashtirish, kompetensiya, davlat ta'lim standarti, metakognitiv qobiliyatlar, uzluksiz ta'lim, dasturlash tillari, kasbiy faoliyat, pedagogik texnologiyalarAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqola dasturiy injiniring bakalavriat ta'limi yo'nalishi talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga bag'ishlangan. Maqolada zamonaviy ta'lim jarayonida matematik tayyorgarlikning ahamiyati, matematik kompetensiyalarning tarkibiy tuzilishi va ularni shakllantirishning pedagogik asoslari tahlii qilinadi. Mualliflar "Dasturiy injiniring" yo'nalishi bo'yicha davlat ta'lim standartlari va malaka talablarini chuqur o'rganib, talabalarning matematik kompetentligini rivojlantirishda matematik modellashtirishning o'rnini aniqladilar. Maqolada matematik masalalarni yechishning uch bosqichli modeli - matematik rasmiylashtirish, modellashtirish usullarini qo'llash va natijalarni tahlii qilish bosqichlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, uzluksiz ta'lim sharoitida metakognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishning ahamiyati va dasturlash tillari orqali matematik modellashtirish kompetensiyalarini shakllantirish usullari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarida dasturiy injiniring yo'nalishi talabalarining matematik kompetentligini oshirishga yo'naltirilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.