NAFAS YO‘LLARI INFEKTSION KASALLIKLARI VA ULARNING IMMUNO-MIKROBIOLOGIK ASOSLARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH.

Authors

  • Ahmedova Dildarxon Qobilovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ftiziatriya, pulmonologiya, mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya, molekulyar diagnostika, immunjavob, tuberkulyoz, pnevmoniya, integrativ ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada nafas yo‘llari infeksion kasalliklarini o‘qitishda ftiziatriya va pulmonologiya yo‘nalishining klinik yondashuvlarini mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanlari bilan integratsiyalash orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Molekulyar diagnostika, immunologik testlar, mikrobiologik ekish, rentgen va KT tahlillaridan foydalanish talabalarning klinik fikrlash, tahliliy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Simulyatsion klinik holatlar, virtual laboratoriyalar va interfaol elektron platformalar yordamida o‘qitishning afzalliklari tahlil qilingan. Integrativ model nafas yo‘llari kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va immun javob mexanizmlarini talabalarga tizimli ravishda yetkazish imkonini beradi.

Published

2025-12-02