KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BIOFIZIKA FANINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH.
Keywords:
Kalit so‘zlar: biofizika, kreativ yondashuv, interfaol metodlar, gamifikatsiya, virtual laboratoriya, modellashtirish, STEAM integratsiyasi, tibbiy ta’lim, innovatsion o‘qitish, raqamli ta’lim muhiti..Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada kreativ yondashuv asosida biofizika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Biofizika fani murakkab fizik-biologik jarayonlarni o‘z ichiga olgani sababli talabalardan tahliliy fikrlash, vizual idrok, modellashtirish va eksperimental ko‘nikmalarni talab etadi. Shu bois an’anaviy o‘qitish usullari ko‘p holatlarda mazkur fan mazmunini to‘liq va samarali o‘zlashtirishga imkon bermaydi. Tadqiqotda kreativ metodlar — gamifikatsiya, muammoli ta’lim, mini-loyihalar, vizual modellashtirish, virtual laboratoriyalar va STEAM integratsiyasi — biofizika ta’limiga joriy etildi. 2024–2025 o‘quv yili davomida Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan tajriba natijalari kreativ yondashuv talabalar motivatsiyasini oshirishi, murakkab jarayonlarni tushunishni yengillashtirishi va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali ekanini ko‘rsatdi. Maqola biofizika ta’limida ijodiy o‘qitish texnologiyalarining didaktik afzalliklari va qo‘llash imkoniyatlarini yoritadi..