NOSTANDART TESTLAR ASOSIDA BO‘LAJAK MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENTLIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Zamonaviy matematika ta’limining rivojlanish istiqbollari uning rivojlanish bo‘yicha tarixiy tajribasini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish tizimini isloh qilish yo‘llarini tahlil qilish davrida to‘plangan tarixiy tajribalardan foydalanish ahamiyatli sanaladi. Matematika o‘qitish metodikasi fani ta’lim tarixiy taraqqiyoti va rivojlanishi masalalari sharq mutafakkirlari Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy [32], Abu Ali Ibn Sino [33], Umar Hayyom [35], Abu Nasr Farobiy [34], Mirzo Ulug‘bek [36] asarlarida muxtasar tarzda o‘z aksini topadi. Jamiyatimizda matematik bilim berish zamonaviy oliy ta’limni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari sifatida alohida ajralib turadi. “jamiyatimizda sivilizatsiya rivojlanishining tarixiy bosqichida, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ta’limga innovatsion yondashuv muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ta’lim muhitida inson rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichida, zamonaviy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari va ijtimoiy soha o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning umumiy ko‘rinishida uchta asosiy tushunchaga asoslaniladi, ular: «axborot», «bilim», «muloqot». Jamiyatimizda oliy ta’lim davlatning rivojlanishidagi asosiy tarkibiy qismi va iqtisodiyotdagi yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri hisoblanadi”[37].Downloads
Published
2025-09-12
Issue
Section
Articles