INKLYUZIV TIL TA’LIMI
Keywords:
Kalit so’zlar pedagogik amaliyot,UDL va differensial o‘qitish,vizual, audio, kinestetik topshiriqlar,adaptiv platformalar, eksperimental darslar va o‘qituvchi intervyulari,Empatiya ishlari,Abstract
Annotatsiya Ushbu maqolani o’qish davomida inklyuziv til ta’limining zamonaviy ta’limdagi o‘rni, ahamiyati va amaliyotda qo‘llanilish jihatlari keng yoritib beriladi. Inklyuziv yondashuvning asosiy maqsadi barcha o‘quvchilarga, jumladan jismoniy, aqliy yoki sensor ehtiyojlari mavjud bo‘lgan hamda turli til-madaniy muhitdan kelgan bolalarga teng bilim olish imkoniyatini yaratib berishdan iborat. Maqolada til o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda dars, metod va materiallarini moslashtirish, baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish kabi jarayonlarning samaradorlikka ta’siri haqida tahlil qilinadi. Shuningdek, inkluziv til ta’limida o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va o‘quv muhitida ijobiy psixologik atmosfera shakllanishiga qo‘shadigan hissasi ham muhim jihatlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, inklyuziv yondashuv nafaqat maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun, balki barcha ta’lim oluvchi bolalar uchun samarali, adolatli va insonparvar ta’lim muhitini yaratib berishga xizmat qiladi.