KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA TEMPERAMENT VA XARAKTER SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: temperament, xarakter, bola psixologiyasi, shaxs rivoji, temperament turlari, ijtimoiy muhit, psixik rivojlanishAbstract
Mazkur maqolada kichik yoshdagi bolalarda temperament va xarakterning shakllanishi psixologik jarayon sifatida har tomonlama tahlil etilgan. Temperament — bolaning tug‘ma nerv tizimi xususiyatlariga asoslangan bo‘lib, uning emotsional javoblari, harakatchanligi, diqqat barqarorligi va ruhiy holatining tez o‘zgaruvchanligini belgilaydi. Xarakter esa ijtimoiy muhit, tarbiya, shaxsiy tajriba va bola faoliyati asosida shakllanadigan barqaror psixologik xususiyatlar tizimidir. Maqolada temperament va xarakterning farqlari, ularning o‘zaro ta’siri hamda har birining bola shaxsiyati rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, bolaning ruhiy salomatligi va ijtimoiy moslashuvida ushbu ikki omil qanday rol o‘ynashi, ularni to‘g‘ri baholash va yo‘naltirishning ahamiyati yoritilgan. Ushbu tadqiqotdan asosiy maqsad — tarbiyachilar, ota-onalar va pedagoglar uchun kichik yoshdagi bolalarning individual psixologik xususiyatlarini tushunish, temperamentga mos yondashuvni tanlash va xarakter shakllanishini sog‘lom yo‘nalishga yo‘naltirish zarurligini ilmiy asoslashdan iborat.