EKOLOGIK XAVFLARNING ORTISHIDA INSON OMILI.

Authors

  • Atadjanov Rustam Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Ekologik xavf, inson omili, ifloslanish, barqaror rivojlanish, tabiiy resurslar, chiqindilar, ekologik muvozanat, atrof-muhitni muhofaza qilish.

Abstract

Ushbu maqolada ekologik xavflarning ortishida inson omilining bevosita ta’siri ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Aholi sonining ko‘payishi, sanoatning tezkor rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi faoliyati, energiya iste’moli va shaharsozlik jarayonlari atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq foydalanish, chiqindilar hajmining ko‘payishi, havo va suv ifloslanishi kabi holatlar global ekologik muvozanatga qanday zarar yetkazayotgani izohlab beriladi. Maqola yakunida inson omilidan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish uchun zarur bo‘lgan ekologik siyosat, barqaror rivojlanish tamoyillari va ongli iste’mol madaniyatining ahamiyati asoslab beriladi.

Published

2025-12-08