ADABIYOT DARSLARIDA ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: 60-yillar she’riyati, “Ilohiy komediya”, evristik, reproduktiv, lеygmotivid, interfaol usullar, adabiyot darslari, ijod, she’riyat, vatanparvarlik, ma’naviyat, estetik tarbiya, badiiy tahlil, pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, badiiy tafakkur, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish., Keywords: poetry of the 60s,Abstract
Annotation. Ushbu maqolada adabiyot darslarida Abdulla Oripovning hayoti va ijodini o‘qitishning pedagogik hamda tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Shoirning hayoti, ijodiy bosqichlari, she’riy dunyoqarashi, vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy poklik g‘oyalari ta’lim jarayonidagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va badiiy matnni tahlil qilish usullaridan foydalanishning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, Abdulla Oripov ijodini o‘quvchilarga chuqur anglatish jarayonida ularda estetik qarash, badiiy tafakkur, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada shoir merosining ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning o‘quvchi shaxsini kamolga yetkazishdagi ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
Annotation. This article highlights the pedagogical and educational significance of teaching the life and work of Abdulla Oripov in literature lessons. The poet's life, creative stages, poetic worldview, ideas of patriotism, national pride and spiritual purity are analyzed from the point of view of their role in the educational process. The effectiveness of using modern pedagogical technologies, interactive methods and methods of analyzing literary texts in the lesson is justified. Also, in the process of deeply understanding the work of Abdulla Oripov, opportunities are revealed for the formation of aesthetic vision, artistic thinking, patriotism and respect for national values in students. The article discusses the role of the poet's heritage in the educational process, its influence on the development of the student's personality, scientifically and theoretically.