OʻQUVCHILARNI AXLOQIY TOMONDAN RIVOJLANTIRISHDA HIKMATLI SOʻZLARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Rahmonqulova Marjona Rafiqovna Author
  • Saydulloyeva Shoxsanam Mashrafjonovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: hikmatli soʻzlar, axloq, mas’uliyat, yaxshilik, ezgulik, ruhiy mukammallik.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning axloqiy yetukligini shakllantirish jarayonida hikmatli soʻzlar, pand-nasihatlar, maqol va matallarning tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Maqolada axloqiy tarbiyaning mazmuni, uning zamonaviy pedagogika tizimidagi oʻrni hamda hikmatli soʻzlarning shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga ta’siri yoritilgan.

Published

2025-12-09