“AVMU” MOSH NAVLARINING URUG‘LARIGA “FITOVAK” IMMUNOSTIMULYATORLARI BILAN ISHLOV BERISHNING BARG SATHIGA TA’SIRI

Authors

  • Y.A.Abdug‘aniyeva Author

Abstract

Mosh o‘simligining barglari uch bargchalik, qoramtir sarg‘ish mayda tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, barg bandi yirik hamda uzun bo‘ladi. Uning tuklari asosan barg bandida va bargining orqa tomonida ko‘plab uchraydi. Mazkur o‘simlikning barglari tashqi ko‘rinishi jihatdan loviya ekinining barglariga o‘xshaydi. Mosh ekinini yetishtirish davomida tuproq-iqlim sharoiti maqbul bo‘lsa, o‘simlikda barg yuzasi keng bo‘ladi. Biroq, burglar soni hamda barg yuzasining ortishi yoki kamayishi yetishtirish texnologiyasi ta’sirida ko‘rsatkichlar o‘zgarib turishi ham mumkin. [1; 24 b.]

Published

2025-12-09