DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARIDA FUQAROLIK JAMIYATI ISHTIROKINING DOLZARBLIGI VA SAMARADORLIGI

Authors

  • Nurullayev Ulug’bek Nuriddinovich Author

Abstract

Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan mustaqil bo‘lgan, ammo davlat boshqaruvida faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoatchilik birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘z ichiga olgan tizimdir. O‘zbekistonda 2024-yil holatiga ko‘ra 10 000 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular davlat siyosatining turli sohalarida, jumladan, byudjet ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etmoqda. Davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik ochiq boshqaruv tamoyillariga asoslanadi. Bu hamkorlik davlat siyosatining sifatini oshirishga, ijtimoiy ehtiyojlarni aniqroq ifodalashga xizmat qiladi. Qonunchilikda fuqarolik jamiyati vakillarining ishtiroki “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar bilan kafolatlangan. Fuqarolik faolligining oshishi, ayniqsa byudjet mablag‘larining taqsimoti ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi. Demokratik boshqaruvda fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyalaridan biri – davlat hokimiyatining ochiqligi, hisobdorligi va xalq manfaatlariga yo‘naltirilganligini nazorat qilishdan iboratdir.

Published

2025-08-20