GLOBALLASHUV DAVRIDA TA’LIM TIZIMINING YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Globallashuv, ma’naviy tarbiya, ta’lim tizimi, yoshlar, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli axborot oqimi, madaniyatlararo ta’sir, mafkuraviy tahdid, ommaviy madaniyat, internet, ijtimoiy tarmoqlar, tarbiya strategiyasi, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, madaniy meros, prezident qarorlari, monitoring, baholash, O‘zbekiston tajribasi, xalqaro ta’lim modeli, integratsiyalashgan yondashuv, notiqlik san’ati, chekka hududlar, axborot madaniyati.Abstract
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarining yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimining bu boradagi o‘rni va mas’uliyati yoritilgan. Hozirgi kunda raqamli axborot oqimining tezligi, madaniyatlararo ta’sirlar va g‘oyaviy tahdidlar yoshlarga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, ta’lim muassasalari nafaqat bilim beruvchi, balki ma’naviyat, ijtimoiy mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi asosiy institutga aylanishi lozim. Maqolada shuningdek, xalqaro tajribalar, ilg‘or ta’lim konsepsiyalari, ma’naviy yetuklikni shakllantirishga qaratilgan dasturlar va strategiyalar tahlil qilinadi. Xususan, turli mamlakatlar ta’lim tizimidagi ma’naviy tarbiya yondashuvlari solishtirilib, O‘zbekiston tajribasi bilan qiyosiy tahlil keltiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishda integratsiyalashgan, innovatsion va milliy qadriyatlarga tayanadigan ta’lim modeli muhim omil sifatida maydonga chiqmoqda.