“ALOE VERANING FARMATSEVTIK AHAMIYATI VA BIOLOGIK FAOL MODDALARI”

Authors

  • Sheraliyev Javohir Ilhom o’g’li Author
  • Raximov Muxammadamin Olimjon oʻgʻli Author
  • Ismoilova Marjona Burxonovna Author
  • Shermatova Iroda Baxtiyorovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Aloe vera, farmatsevtik ahamiyat, biologik faol modda, flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar, polisaxaridlar, antioksidant, antibakterial, antiviral, yalligʻlanishga qarshi taʼsir, immunitetni mustahkamlash, yara bitirish, kosmetologiya, farmakologik qoʻllanilish, dorivor oʻsimliklar, fitoterapiya, xalq tabobati, kapsula, ekstrakt, shira, jel, shifobaxsh xususiyatlar

Abstract

   Аnnоtаtsiyа:   Ushbu maqolada dorivor o‘simliklardan biri bo‘lgan Aloe veraning farmatsevtik ahamiyati va uning tarkibida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalarning tibbiyot hamda farmatsevtika sohasida qo‘llanilishi yoritilgan. Aloe veraning barglari tarkibida polisaxaridlar (acemannan), antraxinonlar (aloemodin, aloein), flavonoidlar, saponinlar, taninlar, organik kislotalar, shuningdek, A, C, E, B guruhi vitaminlari va mikroelementlar mavjudligi aniqlangan. Ushbu moddalar o‘simlikka antibakterial, antiviral, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va immunomodulyator xususiyatlar bag‘ishlaydi. Maqolada, shuningdek, Aloe vera asosida tayyorlanadigan dorivor shakllar — ekstrakt, jel, kapsula va shira tibbiyotda keng qo‘llanilishi, yara bitirish, teri kasalliklarini davolash, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilash hamda immunitetni mustahkamlashdagi samarasi ilmiy manbalarga asoslangan holda tahlil etilgan. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, Aloe vera nafaqat xalq tabobatida, balki zamonaviy farmatsevtika sanoatida ham keng qo‘llaniladigan, yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan dorivor o‘simlik sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Published

2025-09-13