QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA'LIMOTLARI

Authors

  • Mansurov Diyorbek Nosirjon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qadimgi iqtisodiyot, mulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish, taqsimot, savdo-sotiq, mehnat taqsimoti, soliqlar, davlat boshqaruvi, iqtisodiy fikrlar, jamiyat taraqqiyoti

Abstract

Annotatsiya: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari insoniyat tarixining juda qadim bosqichlarida shakllana boshlagan va hozirgi iqtisodiy bilimlarning shakllanishiga asos bo‘lgan. Qadimgi jamiyatlarda iqtisodiy faoliyat inson ehtiyojlarini qondirish, tirikchilik qilish va jamiyat hayotini boshqarish uchun zarur bo‘lgan eng asosiy sohalardan biri edi. Shundandirki, qadimgi sivilizatsiyalar taraqqiyotida iqtisodiyot masalalari hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston kabi ilg‘or davlatlarda ishlab chiqarish, taqsimot, mulkchilik munosabatlari, mehnat taqsimoti va tovar ayirboshlashning dastlabki shakllari paydo bo‘lgan. Shu jarayonda iqtisodiy hodisalar bo‘yicha fikr yuritish, xulosalar chiqarish an’anasi yuzaga keldi.

Published

2025-12-10