O‘ZBEK ADABIYOTIDA REALIYALAR TIZIMI VA ULARNING TASNIFI: “YULDUZLI TUNLAR”, “KECHA VA KUNDUZ” VA “ZULMAT ICHRA NUR” ASOSIDA O‘RGANISH.

Authors

  • Abduraxmonova Gulzoda Author
  • Abdusalomova Madina Author
  • Roʻziboyeva Binafsha Author

Keywords:

Kalit so’zlar: realiyalar, milliy kolorit, uy-ro‘zg‘or, kiyim-kechak, madaniyat, ekvivalent bo‘lmagan leksika, tarjima, frazeologizmlar, xalq an’analari, madaniy meros.

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu maqola ingliz tilidagi realiyalar va ularning tasnifini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada realiyalarni aniqlash, ularning madaniy va lingvistik xususiyatlari hamda ekvivalenti bo‘lmagan leksik elementlarni tarjima qilishdagi muammolar tahlil qilinadi. Realiyalar milliy kolorit, tarixiy faktlar, folklor unsurlari va moddiy madaniyat ob’yektlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, realiyalar tarjima jarayonida til va madaniyatlararo aloqalarni murakkablashtiradi, shuningdek, tarjimonlarni kontekstual tushuntirishlar va moslashtirish strategiyalariga murojaat qilishga majbur qiladi. Maqola milliy xos so‘zlar va frazeologizmlar orqali realiyaning til va madaniyat o‘rtasidagi rolini yoritadi, tarjima amaliyotida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni ochib beradi.

Published

2025-12-10