TA’LIM MUASSASALARIDA RAHBAR KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, ta’lim menejmenti, rahbar kompetensiyasi, innovatsion boshqaruv, axborotni boshqarish, raqamli ko‘nikmalar, strategik boshqaruv, ta’lim muassasasi, raqamlashtirish jarayoni.Abstract
ANNOTATSIYA- Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida rahbarlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim boshqaruviga zamonaviy IT-yechimlarni joriy etish rahbarlarning strategik fikrlashi, tashkiliy jarayonlarni optimallashtirish, axborot oqimini boshqarish, samarali qaror qabul qilish va innovatsion yondashuvni shakllantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar rahbarlar kompetensiyasining tarkibiy qismlari — kommunikativ, analitik, menejerlik, tashkiliy, monitoring va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalarida raqamlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.