RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA JAMOA SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, jamoa, onlayn hamkorlik, pedagogik texnologiyalar, virtual o‘quv muhitiAbstract
Annotatsiya: Raqamli ta’lim bugungi kunda ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim olish, malaka oshirish va jamoaviy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.An’anaviy ta’limdan farqli ravishda, raqamli ta’lim sharoitida jamoa shakllanishi nafaqat o‘quvchilar orasida samarali kommunikatsiya va hamkorlikni ta’minlash, balki individual bilim va malakalarni jamoa doirasida integratsiyalashni ham o‘z ichiga oladi. Maqolada raqamli ta’lim muhiti jamoa faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, virtual muhitda rol va vazifalarni taqsimlashning o‘ziga xos jihatlari, onlayn interaktivlik va pedagogik texnologiyalar yordamida jamoa samaradorligini oshirish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada jamoaviy ishning shakllanish jarayonidagi muhim pedagogik va psixologik omillar, motivatsiya, ishtirokchilar orasidagi hamkorlik madaniyati va kommunikatsiya uslublari o‘rganiladi.