O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OZIQ-OVQAT SANOATI TARMOG‘IGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: oziq-ovqat sanoati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya, samaradorlik, davlat-xususiy hamkorlik, innovatsion texnologiyalar, eksport salohiyati.Abstract
Annotatsiya. Maqola O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Oziq-ovqat sanoati mamlakat iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, raqobatbardoshlikni oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish va texnologik yangilanishlarni joriy etishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola doirasida investitsion muhitning shaffofligi, soliq va imtiyozlar tizimi, davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali tarmoqning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilindi. Maqolada xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar asosida O‘zbekiston sharoitida investitsiyalarni jalb etish strategiyalari ko‘rib chiqilgan.