F1 GʻOʻZA DURAGAYLARIDA AYRIM MORFOXO'JALIK BELGILARINI IRSIYLANISHI

Authors

  • Karimova Muattar Poʻlot qizi Author

Keywords:

Kalit so'zlar: irsiylanish, morfoxo‘jalik belgilar, gʻoʻza duragaylari, F1 avlod, seleksiya, genetika, dominantlik, fenotip, genotip, naslchilik.

Abstract

Annotatsiya: Gʻoʻza – muhim qishloq xo‘jaligi ekini sifatida, insoniyat ehtiyojlari va sanoat uchun alohida ahamiyatga ega. Uning yuksak hosildorligi, tola sifati va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi bo‘yicha doimiy ilmiy va amaliy izlanishlar olib boriladi. Zamonaviy seleksiya va gibridlashtirish ishlari natijasida gʻoʻza hosildorligi, tola sifati, vegetatsiya davri, kasalliklarga chidamlilik, atrof-muhitga moslashuvchanlik kabi ko‘plab sifatlar yaxshilanishiga erishildi. Bu sohada muhim ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlardan biri – F1 gʻoʻza duragaylarida ayrim morfoxo‘jalik belgilarining irsiylanishini chuqur tahlil qilishdan iborat. Sababi, bu belgilar gʻoʻzachilik rivoji, yangi navlar yaratishda asosiy mezon sanaladi.

Published

2025-12-13