SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MA‘LUMOTLAR BAZASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI.
Keywords:
Sun’iy intellekt, ma‘lumotlar bazasi, katta ma‘lumotlar mashinani o‘rganish, jamiyat hayoti, raqamli transformatsiya, ma‘lumotlar tahlili, prognozlash, maxfiylik, algoritmik adolat.Abstract
Ushbu maqola ma‘lumotlar bazalarini boshqarish, tahlil qilish va ulardan qiymat ajratib olishda sun’iy intellekt texnologiyalarining tutgan o‘rni va jamiyat hayotiga tasirini atroflicha o‘rganadi. Maqolada katta ma‘lumotlar davrida ananaviy ma‘lumotlarni qayta ishlash usullarining cheklovlari yoritilgan bo‘lib, SI vositalari, jumladan, mashinani o‘rganish va chuqur oʻrganish orqali qanday qilib yirik ma‘lumot massivlari ichidan yangi bilim va tendensiyalarni topish imkoniyati yaratilayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola sog‘liqni saqlash, moliya, ta’lim, davlat boshqaruvi kabi turli ijtimoiy sohalarda malumotlar bazasi va SI simbiozining amaliy qo‘llanilishini misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Yakunida esa, ushbu texnologik transformatsiya bilan bogliq axloqiy, xavfsizlik va maxfiylik muammolari hamda kelajakdagi rivojlanish yonalishlari muhokama qilingan.