MAKTABGACHA TAʼLIMDA INGLIZ TILI DARSLARINI REJALASHTIRISH

Authors

  • Xayitova Sanobar Poyonovna Author
  • Abdurahmonova Mavjuda Oʻtkirboy qizi Author

Keywords:

maktabgacha taʼlim, ingliz tili, darsni rejalashtirish, erta yoshda til o‘rgatish, o‘yin texnologiyalari, kommunikativ yondashuv, ko‘rgazmali vositalar, audiovizual materiallar, nutqiy ko‘nikmalar, pedagogik kompetensiya.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tili mashgʻulotlarini samarali rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni tashkil etish, o‘yin faoliyatiga asoslangan taʼlim texnologiyalaridan foydalanish, kommunikativ yondashuvni qo‘llash hamda ko‘rgazmali va audiovizual vositalarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tili mashg‘ulotlarida bolalarda eshitish, talaffuz va oddiy nutqiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va usullar yoritib beriladi. Maqolada ingliz tili darslarining namunaviy tuzilishi, pedagogning rejalashtirish jarayonidagi roli va kasbiy kompetensiyasi hamda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish omillari ochib berilgan.

Author Biographies

  • Xayitova Sanobar Poyonovna

    Termiz davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi

  • Abdurahmonova Mavjuda Oʻtkirboy qizi

    Termiz davlat pedagogika instituti

    Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Published

2025-12-15