THE INFLUENCE OF GLOBALIZATION ON PROFESSIONAL LEXIS
Keywords:
Globallashuv, professional leksika, ixtisoslashgan lug‘at, leksik o‘zlashmalar, terminologik standartlashuv, madaniyatlararo muloqot, til o‘zgarishi, professional diskurs, semantik siljish, lingvistik identitet, til siyosati, terminologiya rivoji.Abstract
Bugungi globallashgan dunyoda globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va tilshunoslik sohalarining rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim jarayonga aylandi. Xalqaro aloqalarning kengayishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi hamda davlatlararo hamkorlikning mustahkamlanishi tillarning taraqqiyoti va qo‘llanish doirasiga bevosita ta’sir qilmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, professional leksikaning shakllanishi va boyishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Professional leksika muayyan kasb yoki soha doirasida qo‘llaniladigan maxsus terminlar majmuasidan iborat bo‘lib, u ilm-fan va amaliy faoliyatning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Hozirgi kunda fan, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va ta’lim sohalarida keng qo‘llanilayotgan terminlarning aksariyati xalqaro xarakterga ega. Ularning paydo bo‘lishi va ommalashuvida globallashuv jarayoni muhim omil hisoblanadi. Mazkur maqolada globallashuvning professional leksikaga ta’siri, uning asosiy mexanizmlari hamda ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi.