AYIRISH SISTEMASINING TUZILISHI VA FUNKSIONAL AHAMIYATI
Keywords:
Ayirish sistemasі, buyrak, nefron, glomerulyar filtratsiya, reabsorbsiya, sekretsiya, siydik kanalchalari, yig‘uvchi naycha, siydik pufagi, siydik chiqaruv yo‘llari, gomeostaz, renin, eritropoetin, piyelonefrit, nefrit, urolitiaz, sistit, buyrak yetishmovchiligi, profilaktikaAbstract
Ushbu ishda odam organizmidagi ayirish sistemasining tuzilishi, asosiy komponentlari va ularning funksional ahamiyati yoritib berilgan. Ayirish sistemasi organizmda metabolizm mahsulotlari, toksinlar va ortiqcha suyuqliklarni chiqarib tashlaydigan eng muhim fiziologik tizimlardan biridir. Ishda buyraklarning makro- va mikrotuzilishi, nefronning struktura-funksional xususiyatlari, siydik hosil bo‘lish jarayonining bosqichlari — filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya keng yoritilgan. Shuningdek, buyraklar tomonidan bajariladigan gomeostatik, endokrin va qon bosimini boshqarishdagi vazifalar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayirish tizimi organlarining kasalliklari — nefrit, piyelonefrit, urolitiaz, sistit va buyrak yetishmovchiligining asosiy sabablari, klinik belgilari hamda ularning oldini olish choralari ko‘rsatib o‘tiladi. Mazkur ish ayirish organlarining tuzilishi, funksiyalari va patologiyasi bo‘yicha o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi.