JIGAR TUZILISHI, TARAQQIYOTI VA JIGAR SIRROZINING PATOGENEZINI O‘RGANISH

Authors

  • Raxmatullayeva Malikaxon G’aybullo qizi Author
  • Eshkobilova Surayyo Turayevna Author

Keywords:

Jigar, hepato¬sit, portal triada, sinusoid, Markaziy vena, jigar bo‘lakchasi, o‘t yo‘llari, embriogenez, endoderma, Giss triadasi, fibroz, sirroz, regeneratsiya, parenxima, biriktiruvchi to‘qima, morfologik o‘zgarishlar, jigar funktsiyalari, o‘t sekretsiyasi, nekroz, tugun hosil bo‘lishi (nodulyar regeneratsiya).

Abstract

Ushbu ishda jigar­ning anatomik va gistologik tuzilishi, embriologik rivojlanish bosqichlari hamda jigar sirrozining paydo bo‘lish mexanizmlari yoritilgan. Jigarning bo‘lakchali tuzilishi, qon ta’minoti va o‘t ishlab chiqarish jarayoni batafsil tahlil qilinadi. Embriogenez davrida jigarning endodermadan rivojlanishi, gepatositlar va o‘t yo‘llarining shakllanish jarayonlari ilmiy manbalarga asoslanib bayon etilgan. Shuningdek, jigar sirrozining etiologiyasi, morfologik o‘zgarishlari, parenxima va biriktiruvchi to‘qima o‘rtasidagi nomutanosiblik, fibroz jarayonining kuchayishi hamda tugunlarning shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur ish jigar tuzilishi va uning patologik jarayonlarini chuqur o‘rganish, shuningdek sirrozning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni tizimli tahlil qilishga qaratilgan.

Author Biographies

  • Raxmatullayeva Malikaxon G’aybullo qizi

    Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi, Samarqand, O’zbekiston.

  • Eshkobilova Surayyo Turayevna

    Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Samarqand, O’zbekiston.

Published

2025-12-16