SIYDIK AYIRUV TIZIMINING EMBRIONAL RIVOJLANISHI VA BUYRAKNING MORFO-GISTOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Siydik ayiruv tizimi, buyrak, nefron, ontogenez, embrional rivojlanish, pronefros, mezonefros, metanefros, gistologik tuzilish, parenxima, stroma, reabsorbsiya, filtrasiya, endokrin funksiya, eritropoetin, prostaglandinlarAbstract
Ushbu maqolada siydikmayiruv tizimining tuzilishi, tarkibiy qismlari ularning bajaradigan vazifalari va shuningdek mana shu tizimning markaziy va asosiy organi bo’lgan buyrak haqida so’z boradi. Biz organizmimizning ayiruv tizimi haqida batafsil malumotga ega bo’lish uchun buyrakning gistalogik tuszilishi uning tarkibiy qismlari shu orqali organizmdagi ahamiyatini tushunishimiz mumkin.
Buyrak parenximasining asosiy struktur-funksional birligi bo’lgan nefronlar orqali qon filtrasiyasi, reabsorbsiya va sekresiya jarayonlari amalga oshadi. Shu bilan birga, buyrak to’qimasida qator biologik faol moddalar, jumladan, prostaglandinlar va eritropoetin sintez qilinishi bu a’zoning organizm umumiy regulyasiya tizimidagi ahamiyatini yanada oshiradi. Ushbu maqolada inson siydik ayiruv tizimining umumiy tuzilishi, buyrakning embrional taraqqiyoti, gistologik tuzilishi hamda uning morfo-funksional ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi