ELEKTROMIYOGRAFIYA (EMG) VA MUSHAKLARNING BIOELEKTRIK FAOLLIGI

Authors

  • Fayziyeva Nodira Alisherovna Author
  • Rustamova Odina Adham qizi Author

Keywords:

elektromiyografiya, EMG, mushak bioelektrik faolligi, nerv-mushak tizimi, biopotensiallar, diagnostika.

Abstract

Elektromiyografiya (EMG) mushaklarning bioelektrik faolligini o‘rganishga mo‘ljallangan zamonaviy diagnostik usul bo‘lib, u nerv-mushak tizimining funksional holatini baholashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mushak to‘qimalarida bioelektrik impulslarning hosil bo‘lish mexanizmlari, ularning fiziologik asoslari hamda elektromiyografik signallarning shakllanish jarayoni yoritilgan. EMG usulining invaziv va noinvaziv turlari, ularning klinik amaliyotdagi qo‘llanilishi, xususan, nevrologiya, reabilitatsiya va sport tibbiyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari elektromiyografiyaning mushak va nerv kasalliklarini erta aniqlash hamda davolash samaradorligini oshirishdagi rolini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Fayziyeva Nodira Alisherovna

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston

    Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi assistenti1

  • Rustamova Odina Adham qizi

    2-son davolash ishi, I bosqich talabasi2

Published

2025-12-16