QAROR QABUL QILISH JARAYONI VA BOSHQARUVI
Keywords:
qaror qabul qilish, boshqaruv, rahbarlik kompetensiyalari, psixologik omillar, ijtimoiy ta’sir, strategik rejalashtirish.Abstract
Maqolada boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni va uning
psixologik, ijtimoiy, strategik asoslari keng tahlil qilinadi. Qaror qabul qilish
fenomeni insonning irodaviy harakatlari, bilim, tajriba va rahbarlik
kompetensiyalari bilan uzviy bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Mazkur jarayonning
samarali amalga oshirilishi uchun rahbarning maqsadni belgilash, vazifalarni
taqsimlash, resurslarni ajratish va javobgarlikni belgilash qobiliyatlari muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada qaror qabul qilishning turli yondashuvlari,
bosqichlari, darajalari hamda unga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik, axborot,
motivatsion va texnologik omillar keltirilgan. Maqola rahbarlik faoliyatining
strategik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini yoritib, boshqaruv qarorlarining
samaradorligi va muvaffaqiyati uchun zaruriy shart-sharoitlarni belgilaydi.