MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARI (IFRS) VA ULARNING AHAMIYATI
Keywords:
Moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, IFRS, hisob siyosati, shaffoflik, investitsion jozibadorlik, iqtisodiy integratsiya.Abstract
Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) va ularning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bozor iqtisodiyotining shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular korxonalarning moliyaviy ma’lumotlarini taqdim etish tartibini belgilaydi. Maqolada IFRSning asosiy tamoyillari, ularning moliyaviy hisobotga ta’siri va milliy standartlar bilan integratsiyasi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu standartlarning iqtisodiy subyektlar faoliyatiga ta’siri va global iqtisodiy muhitdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qabul qilish korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirishga va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.