AKADEMIK O'QISHDA CHALG'ITADIGAN NARSALARNI KAMAYTIRISH
Keywords:
akademik o‘qish, diqqatni jamlash, chalg‘ituvchi omillar, o‘quv muhiti, vaqtni boshqarish, raqamli texnologiyalar, psixologik omillar, mustaqil ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada akademik o‘qish jarayonida talabalarning diqqatini chalg‘ituvchi omillar va ularni kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim muhitida raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, tashqi shovqinlar hamda psixologik holatlar o‘quv faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida diqqatni jamlashga xalaqit beruvchi asosiy omillar aniqlanib, ularni bartaraf etishning samarali pedagogik va psixologik usullari yoritiladi. Shuningdek, vaqtni boshqarish, o‘quv muhitini to‘g‘ri tashkil etish va o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali akademik o‘qish samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqola natijalari talabalarning mustaqil o‘qish madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.