ONA TILI DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Authors

  • Sadoqat Qosimova Moʻydinjonovna Author

Keywords:

ona tili ta’limi, interaktiv metodlar, ta’lim samaradorligi, o‘quvchi faolligi, nutqiy kompetensiya, zamonaviy pedagogika.

Abstract

Mazkur maqolada ona tili darslarida interaktiv metodlardan foydalanishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantirish muhim vazifa hisoblanadi. Interaktiv metodlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, nutqiy faoliyati, ijodkorligi va muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada “aqliy hujum”, “klaster”, “insert”, “rol o‘ynash”, “bahs-munozara” kabi metodlarning ona tili darslarida qo‘llanishi, ularning didaktik imkoniyatlari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘quvchilarning bilimni chuqur va mustahkam o‘zlashtirishiga ta’siri yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari ona tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.

Author Biography

  • Sadoqat Qosimova Moʻydinjonovna

    Andijon viloyati Shahrixon tumani

    Shahrixon agrosanoat texnikumi ona tili va adabiyot fani

    oʻqituvchisi

Published

2025-12-19