NIZOLARNI HAL ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTI

Authors

  • Pardaqulov Bunyod Ibrohim o‘g‘li Author

Keywords:

Integratsiya, stereotip, nizolarni muqobil hal etish, mediator, Singapur mediatsiyasi, Singapur mediatsiya markazi.

Abstract

Maqolada mediatsiya instituti nizolarni hal etishning muqobil huquqiy mexanizmi sifatida chuqur tahlil qilinadi. Unda mediatsiyaning mazmuni, asosiy prinsiplari — maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning tengligi hamda mediatorning xolisligi yoritilgan bo‘lib mediatsiya sud jarayoniga nisbatan tezkor va kam xarajatli va taraflar uchun qulay vosita ekani asoslarda bevosita ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston qonunchiligiga mediatsiya institutining kiritilishi, mediatorlarni tayyorlash tizimi va mediativ kelishuvning huquqiy kuchi bo‘yicha amaliy mexanizmlarni tahlil qilinadi. Shuningdek Singapur tajribasi misolida mediatsiya institutining axborotlashtirish mediatorlar markazlashgan tizimi o’rganilgan. O‘zbekistonda mediatsiyani rivojlantirish sudlar yuklamasini kamaytirish va fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mediatorlar uchun amaliy tajriba maydonlarini kengaytirish orqali jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mediatsiyani ommalashtirish uchun targ‘ibot mediatorlarning kasbiy malakasini oshirish va fuqarolarga bepul yuridik maslahat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi keltirib o’tilgan.

Author Biography

  • Pardaqulov Bunyod Ibrohim o‘g‘li

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Jinoiy odil sudlov fakulteti

    3-bosqich talabasi talabasi

    bunyodbekibrohimovich66@gmail.com

    +998951117029

Published

2025-12-19