INKLYUZIV TA’LIMDA SHAROITIDA DISLALIYANING O’QITISH METODLARI
Keywords:
dislaliya, inklyuziv ta’lim, logopedik metodlar, nutq buzilishlari, artikulyatsion gimnastika, tovush qo‘yish va avtomatlashtirish, o‘yinli ta’lim, individual yondashuv, ko‘rgazmali metodlarAbstract
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda inklyuziv ta’lim tizimi jadal rivojlanib bormoqda. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi - barcha bolalarni, jumladan, nutqida, eshitishida yoki rivojlanishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga teng ravishda jalb etishdir. Hozirgi vaqtda inklyuziv ta’lim tizimi barcha bolalarning - jumladan, nutqida buzilishlari bo‘lgan o‘quvchilarning ham - umumiy ta’lim jarayonida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Shunday nutq buzilishlaridan biri dislaliya bo‘lib, u bolalarning ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmasligi, buzib aytishi yoki almashtirishi bilan namoyon bo‘ladi. Inklyuziv sinflarda dislaliyaga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitish o‘ziga xos metodlarni talab qiladi. Ushbu maqolada dislaliyani tuzatish va o‘qitishning asosiy metodlari yoritiladi.