ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI BAKTERIYALAR TARQALISHINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Keywords:
antibiotiklarga chidamlilik, superbakteriyalar, infeksiya nazorati, mutatsiya, global sog‘liq, AChB.Abstract
Ushbu maqolada antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tarqalishi, uning asosiy sabablari, epidemiologik mexanizmlari, oqibatlari va global miqyosdagi xavflari ilmiy asosda yoritiladi. Antibiotiklarning nazoratsiz qo‘llanishi, veterinariya va qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi, tibbiy muassasalarda infeksiya nazoratining sustligi kabi omillar muammoning chuqurlashuviga sabab bo‘layotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, keng tarqalgan "superbakteriyalar" va ularning jamiyat salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada antibiotiklardan oqilona foydalanish, gigiyena choralarini kuchaytirish, yangi avlod dori vositalarini ishlab chiqish va jamoatchilik ongini oshirish muammoni hal qilishning asosiy yo‘llari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Downloads
Published
2025-12-21
Issue
Section
Articles