MATEMATIK MODEL VA UNING REAL OBYEKT ORASIDAGI MUVOFIQLILIKNI TAHLIL QILISHGA DOIR MASALALAR
Keywords:
Matematik model, real obyekt, muvofiqlilik, verifikatsiya, validatsiya, xatoliklarni baholash, parametrlarni identifikatsiya qilish, model tahlili, modellashtirish.Abstract
Ushbu maqolada matematik modellarni yaratish jarayonida real obyekt bilan model o‘rtasidagi muvofiqlilikni aniqlash va baholash masalalari ko‘rib chiqiladi. Matematik modelning to‘g‘riligi va samaradorligi uning real jarayonni qay darajada aks ettirishi bilan belgilanadi. Shu sababli modelni verifikatsiya va validatsiya qilish usullari, xatoliklarni baholash, statik va dinamik modellarni solishtirish hamda amaliy misollar asosida muvofiqlilikni tekshirish tamoyillari yoritiladi. Maqolada model sifatini oshirish, uni real obyektga moslashtirish va baholashning zamonaviy yondashuvlari ham tahlil etiladi.
Downloads
Published
2025-12-21
Issue
Section
Articles