"UNCONVERTED OIL"NI VAKUUMDA FRAKSIYALASH JARAYONINING OPTIMAL PARAMETRLARINI ANIQLASH VA ULARNING MAHSULOT TARKIBIGA TA'SIRINI O'RGANISH
Keywords:
unconverted oil, vakuum fraksiyalash, vakuum kolonna, og‘ir fraksiyalar, texnologik parametrlar, mahsulot tarkibi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo‘ladigan unconverted oil (konversiyalanmagan neft qoldig‘i) ni vakuum sharoitida fraksiyalash jarayonining texnologik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Vakuumda fraksiyalash jarayonining asosiy maqsadi yuqori haroratlarda termik parchalanishning oldini olgan holda og‘ir uglevodorod fraksiyalarini samarali ajratib olishdan iborat. Tadqiqot davomida vakuum bosimi, harorat rejimi, xomashyo oqim tezligi, kolonna ichki tuzilishi hamda issiqlik almashinuvi kabi asosiy texnologik parametrlarning mahsulot tarkibi va fraksiyalar chiqishiga ta’siri o‘rganildi.
Maqolada optimal parametrlarni tanlash orqali vakuum gazoyli, og‘ir distillyatlar va vakuum qoldig‘ining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari neftni chuqur qayta ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish va ekologik talablarni ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Olingan xulosalar sanoat sharoitida vakuum fraksiyalash qurilmalarini modernizatsiya qilishda va texnologik rejimlarni optimallashtirishda amaliy qo‘llanilishi mumkin.