QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Turanboyev Boburjon Qodirjon o‘g‘li Author
  • Aliyeva Zahroxon Shavkatjon qizi Author

Keywords:

qimmatli qog‘ozlar bozori, tartibga solish, davlat nazorati, investorlarni himoya qilish, bozor shaffofligi.

Abstract

Ushbu tezisda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mazmuni va bozor barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati nazariy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotning maqsadi — investorlar huquqlarini himoya qilish, axborot oqimi, kamaytirish, bozor shaffofligi va adolatli raqobatni ta’minlash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashning nazariy jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, bozor muvaffaqiyatsizliklari (monopollashuv, manipulyatsiya, doimiy xafv-xatarlar) va ularni cheklashga qaratilgan yondashuvlar ilmiy asosda izohlanadi.

Tezisda tartibga solish institutlari hamda qo‘llaniladigan mexanizmlar (litsenziyalash, oshkoralik talablari, korporativ boshqaruv standartlari, o‘zini o‘zi tartibga solish)ning ilmiy modeli umumlashtiriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli yondashuv, taqqoslama tahlil, normativ-huquqiy hamda institutsional yondashuv elementlaridan foydalaniladi. Ish natijasida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning konseptual asoslari, samaradorlik mezonlari va amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari bo‘yicha xulosalar shakllantiriladi.

Author Biographies

  • Turanboyev Boburjon Qodirjon o‘g‘li

    boburturonboyev@gmail.com

    Qo‘qon universiteti “Xalqaro turizm va iqtisodiyot”  kafedrasi o‘qituvchisi.

  • Aliyeva Zahroxon Shavkatjon qizi

    zahroxon6043@gmail.com

    Qoqon Universiteti “Iqtisodiyot va tarmoqlar va sohalar” yo‘nalishi talabasi

Published

2025-12-23