MIKROSUVO‘TLARIDAN BALIQCHILIKDA OZUQA SIFATIDA FOYDALANISH
Keywords:
mikrosuvo‘tlar, baliqchilik, ozuqa, akvakultura, oqsil manbai, ekologik toza ozuqa.Abstract
Ushbu maqolada mikrosuvo‘tlarning baliqchilik xo‘jaligida ozuqa manbai sifatidagi ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Mikrosuvo‘tlar tarkibida yuqori miqdorda oqsil, yog‘ kislotalari, vitaminlar va biologik faol moddalarning mavjudligi ularni baliqchilikda muhim oziqaviy komponentga aylantiradi. Tadqiqotda mikrosuvo‘tlarning asosiy turlari, ularning oziqaviy qiymati hamda baliqlar o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, mikrosuvo‘tlar asosida tayyorlangan ozuqalarning iqtisodiy samaradorligi, ekologik tozaligi va barqarorligi masalalari muhokama qilinadi. Maqolada mikrosuvo‘tlar yordamida baliqlarning immunitetini oshirish, kasalliklarga chidamliligini kuchaytirish va mahsuldorlikni ko‘paytirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Olingan natijalar mikrosuvo‘tlarni zamonaviy akvakultura tizimlarida keng joriy etish muhimligini ko‘rsatadi.