QUDUQ BURG‘ILASH JARAYONIDA GNS XAVFI: BOSIM REJIMLARI, BURG‘ILASH ERITMASI BARQARORLIGI VA QATLAM TA’SIRINING ILMIY TAHLILI.
Keywords:
Gaz-neft-suv aralashmasi, quduq tubi bosimi, qatlam bosimi, burg‘ilash eritmasi, gidrostatik bosim, diffuziya, sement toshi, qatlam flyuidi, nurash, yutilish, geologik xususiyatlar, burg‘ilash xavfsizligi.Abstract
Ushbu maqolada quduqlarni burg‘ilash jarayonida gaz–neft–suv aralashmasi (GNS)ning paydo bo‘lishiga olib keluvchi omillar, bosimlarning buzilishi, burg‘ilash eritmasining barqarorligi va qatlamning geologik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Quduq tubi bosimi va qatlam bosimi nisbatining buzilishi, eritmaning zichlik o‘zgarishi, yutilish jarayonlari, klapanlarning ishdan chiqishi hamda filtratsiya ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar GNS xavfini oshiruvchi asosiy faktorlardan ekanligi ko‘rsatildi. Shuningdek, qatlam gazining diffuziya orqali quduqqa kirib kelish mexanizmlari, sement toshining qotish davridagi xususiyatlari va nurab ketuvchi jinslarning ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari burg‘ilash xavfsizligini oshirish va avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar bilan boyitildi.