ERTA REVMATOID ARTRITNING KLINIK KECHISH XUSUSIYATLARINI BAXOLASH

Authors

  • SAYDAXMADOV SH.D. Author

Keywords:

erta revmatoid artrit, bo‘g‘im sindromi, klinik xususiyatlar, salomatlikni baholash so'rovnomasi.

Abstract

Tadqiqot maqsadi erta revmatoid artrit (RA) bilan og'rigan bemorlarda kasallikning klinik kechish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Olingan natijalarga ko'ra, RA debyuti asosan o‘rta yoshda kuzatiladi. Artrit shakllari orasida kichik va katta bo‘g‘imlarning bir vaqtda zararlanishi bilan kechuvchi poliartit yetakchi o‘rinni egallaydi. Patologik jarayonga ko‘proq metakarpofalangeal bo‘g‘imlar jalb etiladi. RA boshlang‘ich davrida bo‘g‘im sindromining mono- yoki oligoartikulyar xarakteri, birinchi metakarpofalangeal bo‘g‘imning zararlanishi hamda bo‘g‘imlarning asimmetrik shikastlanishi qayd etiladi. Ertalabki karaxtlikning o‘rtacha davomiyligi kasallik davomiyligi ortishi bilan uzayib boradi. RAning boshlanish davridagi bemorlarda DAS28 ko‘rsatkichiga ko‘ra kasallik faolligining II darajasi aniqlangan. Tekshirilgan bemorlarda HAQ indeksi bo‘yicha o‘rtacha ball 1,05 ± 0,03 ni tashkil etib, bu bo‘g‘imlarning o‘rtacha darajadagi funksional buzilishlari sifatida baholandi. Og‘riqli va shishgan bo‘g‘imlar sonini o‘z ichiga olgan Richi indeksi bo‘yicha maksimal ko‘rsatkich kasallik faolligi yuqori bo‘lgan bemorlarda qayd etildi. RAning erta bosqichidagi bemorlarda bo‘g‘im yetishmovchiligining II funksional sinfi aniqlandi.

Author Biography

  • SAYDAXMADOV SH.D.

    1-son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasi revmatologiya mutaxassisligi klinik ordinatori

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti, O`zbekiston

     

Published

2025-12-24