“DIPLOMATIYA” ASARIDA OTTO FON BISMARK SIYOSATI: GENRI KISSINJER QARASHLARI

Authors

  • Ozodjonova Ruzikhon Author

Keywords:

Otto fon Bismark, Prussiya, Realpolitik, kuchlar muvozanati, diplomatik moslashuvchanlik, Germaniya birlashuvi, Vena tizimi

Abstract

Mazkur maqolada Genri Kissinjerning “Diplomatiya” kitobida Otto fon Bismarkning tashqi siyosati haqidagi talqini batafsil ko’rib chiqiladi. Muallif Bismark diplomatiyasini kuchlar muvozanatini aniq hisoblab chiqish va vaziyatga mos keladigan siyosiy usullardan foydalanishga asoslangan usul sifatida tasvirlaydi. Bu usul Germaniyaning birlashish jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Maqolada Bismark diplomatiyasining afzalliklari orasida strategik moslashuvchanlik, manfaatlar asosidagi hamkorlik va siyosiy ehtiyotkorlik alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, Kissinjer tahlilida bu siyosatning zaif tomonlarini ham ochib beradi. Masalan, barqaror institutlar yetarlicha mustahkamlanmaganligi, siyosiy tizim kuchli shaxsiyatga bog’lanib qolganligi, uzoq muddatli xalqaro muvozanatni saqlashda murakkab muammolar yuzaga kelganligi shular jumlasidandir. Oxir-oqibat, maqola Bismark diplomatiyasini tarixiy jihatdan samarali, ammo murakkab va ikki tomonlama natijalarga olib keladigan siyosiy tajriba sifatida baholaydi.

Author Biography

Published

2025-12-25